19 Iyul 2021 yil 563

Huquqni muhofaza qiluvchi organlarida xizmat qilayotgan xotin-qizlar o‘rtasida musobaqa bo‘lib o‘tdi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi huquqni muhofaza qiluvchi organlarida xizmat qilayotgan xotin-qizlar o‘rtasida sportning stol tennisi bo‘yicha musobaqa bo‘lib o‘tdi.
Unga, 20 ortiq xodimalar ishtirok etib, o‘z-aro bellashishdi.
Musobaqa yakuniga ko‘ra, birinchi o‘rinni vazirlikning PPXvaJTSB xodimasi safdor M.Nazarbekova ikkinchi o‘rinni Qoraqalpog‘iston Respublikasi Bojxona boshqarmasidan katta leytenant N.Alavatdinova egallagan bo‘lsa, uchunchi o‘rin O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Qoraqalpog‘iston Respublikasi boshqarmasidan kichik serjant O‘.Qutыbayevaga nasib etdi.
G‘oliblarni taqdirlash tadbiriga, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vaziri o‘rinbosari polkovnik I.Axmedov ishtirok etdi va g‘oliblarni tabrikladi hamda tashkilotchilar tomonidan tayyorlangan diplom medal va sovg‘alar tantanali ravishda topshirildi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi IIV Axborot xizmati

 

Text to speech