5 Iyul 2025 yil
1057
Qoraqalpog‘iston Respublikasi hududida xavfsizlikni ta’minlash yo‘nalishida xizmat oldi yig‘ini o‘tkazilib, "Xavfsiz tun" profilaktik tadbiriga xizmatga kirishildi
Qoraqalpog‘iston
Respublikasi Ichki ishlar vaziri polkovnik Baxtiyor Torebekov boshchiligida
xizmat oldi yig‘ilishi o‘tkazildi. Unda Ichki ishlar va boshqa huquqni muhofaza
qilish organlari xodimlari ishtirok etdi. Tungi xizmat davomida xodimlarga
nisbatan sodir etilishi mumkin bo‘lgan har qanday huquqbuzarlik va
jinoyatlarning barvaqt oldini olish, xavfsizlik va jamoat tartibini saqlash,
tinchlik va barqarorlikni ta’minlash borasidagi faoliyatni yanada kuchaytirish
zarurligi ta’kidlanib, shu maqsadda tungi profilaktik reydlar tashkil etish
bo‘yicha tegishli ko‘rsatma va topshiriqlar berildi.