23 Fevral 2024 yil 2980

Xo‘jayli tumani Ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i probatsiya hisobida turgan yoshlar bilan uchrashdi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, Qurolli Kuchlar Oliy Bosh qo‘mondoni Sh.Mirziyoyev tomonidan 2024-yil 12 yanvar kuni o‘tkazilgan Xavfsizlik kengashining kengaytirilgan yig‘ilishidagi belgilangan vazifalarning ijrosini taʼminlash maqsadida 2024 yil 23-fevral kuni Xo‘jayli tumani IIB majlislar zalida tuman IIB boshlig‘i, 3-sektor rahbari  J.Kamalov raisligida tuman probatsiya guruhi hisobida turgan yoshlar bilan ularni ijtimoiy hayotga moslashtirish, sog‘lom-turmush tarzida hayot kechirishiga ko‘maklashish, vatanparvarlik, Vatanga bo‘lgan muhabbat ruhida tarbiyalash, huquqiy savodxonligini va qonunga itoatkorlik hisini oshirish, ijtimoiy-maishiy muammolarini hal etish maqsadida uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Unda yoshlar o‘zlarini qiziqtirgan savollariga javob oldi.

Text to speech