22 Dekabr 2023 yil 4894

Xo‘jayli tumanida ochiq sud majlisi bo‘lib o‘tdi

2023 yil 21 dekabr kuni Xojayli tumani «Taskopir» mahalla fuqarolar yigini binosida Jinoyat ishlari boyicha Xojayli tumani sudining raisi I.Allaniyazovning rahbarligida sayyor sud majlisi bolib otdi. Unda Xo‘jayli tumani prokurori A.Xalimov, tuman IIB boshlig‘i J.Kamalov hamda mahalla fuqarolar yig‘ini faollari ishtirok etdi. Xo‘jayli tumani Ichki ishlar bo‘limi jamoat xavfsizligi xizmati probatsiya guruhi hisobida turgan, jazo o‘tash davrida o‘zlarini yaxshi tomonlama ko‘rsatgan, qilmishidan pushaymon bo‘lib, tuzalish yo‘liga o‘tgan, yashash hamda ish joylaridan  ijobiy tavsifnomaga ega bo‘lgan P.A, P.A, Q.K, K.J, A.A, M.X, K.M, K.M, R.Nlarni O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 73-moddasiga asosan muddatidan oldin jazosidan ozod qilish yuzasidan Ichki ishlar bo‘limi boshlig‘ining taqdimnomalari ko‘rib chiqildi va 9 fuqaro asosiy va qo‘shimcha jazolaridan muddatidan oldin ozod qilindi.Bundan tashqari probatsiya guruhi hisobida turib, sud tomonidan  o‘rnatilgan cheklovlarni muntazam ravishda buzib, jazo o‘tashdan bo‘yin tovlab kelayotgan M.Jning ozodlikdan cheklash jazosining o‘talmagan 2 yil  6 oy muddati ozodlikdan mahrum qilish jazosiga almashtirilib, qamoqqa olindi. Shundan so‘ng, tuman hududida sodir bo‘lgan firibgarlik, yo‘l transport hodisalari bilan bog‘liq bo‘lgan jinoyatlar keng jamoatchilik o‘rtasida muhokama qilindi. Sayyor sud majlisi oxirida yig‘ilish ishtirokchilari, mahalla faollari o‘zlarini qiziqtirgan sud-huquq sohasidagi savollariga javoblar oldi.

 

Text to speech