Ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan olib borilgan tezkor tadbirlar natijasida "Bestobe" Yo‘l patrul postida "Kobalt" rusumli avtomashina yo‘lovchisi yonidan giyohvand moddalar borligi aniqlandi.
Shu yilning 18 aprel kuni
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Transportda xavfsizlikni ta’minlash boshqarmasi
Jinoyat qidiruv bo‘limi va Qoraqalpog‘iston Respublikasi IIV YHX Yo‘l patrul
xizmati inspektorlari bilan birgalikda Qorao‘zak tumani "Besto‘be"
YPX postida Toshkent shahridan kelayotgan "Kobalt" rusumli
avtomashinasini xolis guvohlar ishtirokida ko‘zdan kechirilganda, ushbu
avtomashinaning old o‘rindig‘ida yo‘lovchi sifatida ketayotgan Qo‘ng‘irot
tumanida yashovchi 2004 yil tug‘ilgan S.S ismli shaxsning shimining chap
cho‘ntagidan "Parlament" sigaret qutisining ichida bir dona oq rangli
sellofan bo‘lagi ichida giyohvand modda borligi aniqlangan. Aniqlangan holat
yuzasidan Qorao‘zak tumani Ichki ishlar bo‘limi tergov guruhi tomonidan
O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 276-moddasi 1-qismi bilan jinoyat
ishi qo‘zg‘atilgan.