18 Yanvar 2024 yil 3685

Ichki ishlar organlarida xizmat qilayotgan yosh xodimlar bilan uchrashuv tashkil etildi

Ozbekiston Respublikasi IIVning 7.11.2023 yildagiIchki ishlar organlarida yosh mutaxassislar va magistratura bitiruvchilari monitoringini otkazish tartibini takomillashtirish togrisidagi 627-sonli buyrugi hamda Ozbekiston Respublikasi IIV Akademiyasining 2023 yil 14 sentyabr kunidagi Ozbekiston Respublikasi IIV Akademiyasi kafedralari tomonidan biriktirilgan hududlarda amalga oshiriladigan ishlar boyicha reja-topshiriq talablarida, ichki ishlar organlarida yosh mutaxassislar va magistratura bitiruvchilarining amaliy faoliyatini monitoring qilish masalasi belgilanganUshbu vazifani bajarish maqsadida, joriy yilning 17 yanvar kuni 2021-2023 yillarda IIV Akademiyasi kunduzgi taʼlimi va magistraturasini tamomlab, hozirda Qoraqalpog‘iston Respublikasi IIV tizimlarida xizmat qilayotgan xodimlar bilan vazirlik majlislar zalida uchrashuv tashkil etildi. O‘tkazilgan uchrashuvga O‘zbekiston Respublikasi IIV Akademiyasi Maʼmuriy huquq kafedrasi katta o‘qituvchisi podpolkovnik A.A.Toshtemirov, vazirlik MMI va KBTX boshlig‘i o‘rinbosari v.v.в podpolkovnik M.Ashirbekov hamda 2021-2023-yillarda Akademiya kunduzgi taʼlimi va magistraturasi bitiruvchilari ishtirok etdilar. Uchrashuv davomida asosiy eʼtibor bitiruvchilarning xizmat faoliyati davomida yuzaga kelayotgan muammolar, kamchiliklar va bilim saviyasini o‘rganishga qaratildi

Text to speech