23 Avgust 2024 yil 1081

Ichki ishlar organlarida ko‘p yillar davomida samarali mehnat qilgan faxriylar bilan uchrashuv tadbiri tashkil etildi

Joriy yilning 22-avgust kuni Respublikamizning Bo‘zotov, Kegeyli hamda Nukus  tumanlarida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar organlarida ko‘p yillar dovomida samarali mehnat qilgan mexnat faxriylari bilan uchrashuv tadbiri tashkil qilindi.

Uchrashuvda Qoraqalpog‘ison Respublikasi Ichki ishlar vazirining maslaxatchisi Orinbay Turdakov, vazirlikning Maʼnaviy maʼrifi ishlar hamda kadrlar bilan taʼminlash xizmati boshlig‘ining o‘rinbosari podpolkovnik Madjidov Abdumalik Abduazimovich hamda vazirlikning Fahrilar kengashi boshlig‘i Farxad Sankibayevlar ishtirok etishdi.

Dastlab Bo‘zotov tumani Ichki ishlar bo‘limida vazirlikning Maʼnaviy maʼrifiy ishlar hamda kadrlar bilan taʼminlash xizmati boshlig‘ining o‘rinbosari podpolkovnik Madjidov Abdumalik Abduazimovich so‘zga chiqib barcha faxriylarni shuningdek yig‘ilgan shaxsiy tarkibni O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 33 yillik bayrami bilan samimiy muborakbod etdilar.

Shundan so‘ng tadbir davomida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vazirining maslahatchisi Orinbay Turdakov so‘zga chiqib o‘zining samimiy fikr va takliflarini bildirib faxriylar har doim hurmat va eʼtiborda ekanligini bildirib ularga faxriylar kengashining ko‘krak belgisini hamda faxriylar kengashining faxriy yorliqlarni tantanali ravishda topshirdilar.

Shuningdek tadbir ishtirokchilari Kegeyli hamda Nukus tumanlarida faxriylar bilan uchrashib ularning oila aʼzolariga sog‘lik salomatlik tilab faxriylar kengashining faxriy yorligi hamda qimmat baho sovg‘alarini topshirdilar. Bunday tadbirlar respublikamiz bo‘ylab davom etadi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi IIV Axborot xizmati

Text to speech