28 Aprel 2025 yil 432

Ichki ishlar organlarida “Ma'naviyat oyligi” tadbirlari

Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazi Beruniy tumani bo'linmasi, IIB, Yoshlar ishlari agentligi, Axborot kutubxona markazi хamkorlikda Vazirlikning ikkinchi mintaqaviy hudud, MMM hamda Beruniy tumani IIB xodimlari o'rtasida "Zukko kitobxon" va "Zakovat" intellektual o'yinlari o'tkazildi. O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tizimida 1–30 aprel kunlari davomida "Ma'naviyat oyligi" munosabati bilan keng ko'lamli ma'naviy-ma'rifiy tadbirlar o'tkazilmoqda. Beruniy tumani Axborot-kutubxona markazida IIB xodimlari ishtirokida "Zukko kitobxon" va "Zakovat" intellektual o'yinlari tashkil etildi. Tadbirdan ko'zlangan asosiy maqsad — xodimlar o'rtasida kitobxonlikni targ'ib qilish, ularning dunyoqarashi va intellektual salohiyatini oshirish, jamoada o'zaro hamjihatlik va fikr almashish muhitini mustahkamlashdan iborat bo'ldi. Tadbir yakunida g'olib va faol ishtirok etgan xodimlar tashkilotchilar tomonidan esdalik sovg'alari va faxriy yorliqlar bilan taqdirlandi.

Text to speech