Ichki ishlar vazirligi Akademiyasi kunduzgi taʼlim shakli 3-o‘quv kursi tinglovchilari va ularning Ota-onalari bilan uchrashuv o‘tkazildi
O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining 2019 yil 30 sentyabr kungi
«Ichki ishlar vazirligi Akademiyasi kursant ham tinglovchilarining ichki ishlar
organlarida amaliyotlarini tashkillashtirish haqidagi» 312 sonli buyrug‘i,
O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vaziri o‘rinbosarining 2024 yil 3 fevral kungi
33 sonli buyrug‘i talablari ijrosini taʼminlash maqsadida O‘zbekiston
Respublikasi IIV Akademiyasi kunduzgi bo‘lim 3 o‘quv kursi kursantlari bilan
ish o‘rganish amaliyotini yuqori darajada tashkil qilish belgilangan. Shu
jumladan Qoraqalpog‘iston Respublikasi IIV majlislar zalida O‘zbekiston
respublikasi IIV Akademiyasi kunduzgi taʼlim shakli 3 o‘quv kursi
tinglovchilari va ularning Ota-onalari bilan yig‘ilish o‘tkazildi. Yig‘ilishda
O‘zbekiston Respublikasi IIV Akademiyasi kriminalistik-ekspertiza kafedrasi
katta o‘qituvchisi podpolkovnik Xaydarov Ilxom Yusupovich, O‘zbekiston
respublikasi IIV Shaxsiy xavfsizlik bosh boshqarmasi Qoraqalpog‘iston
Respublikasi bo‘yicha boshqarmasi bo‘lim boshlig‘i podpolkovnik Amanov Saydjon Sabirjonovich
qatnashib tinglovchilarga tajribali ustozlar biriktirilgani shuningdek amaliyot
davrida tartib qoidalarga hamda buyruqda ko‘rsatilgan normalarga rioya
etishlari tushuntirildi. Shuningdek tinglovchilarning ota-onalarning fikr
takliflari tingladi. O‘qish davrida o‘zini yaxshi tomonlama ko‘rsatib
tenglashlari orasida bilim saviyasi bilan ko‘pchilikning eʼtiborini tortgan
ayrim tinglovchilarning ota-onalariga tashakkurnomalar topshirildi
Qoraqalpog‘iston Respublikasi IIV Axborot xizmati