25 Iyun 2024 yil 5528

Ichki ishlar vazirligiga vasiylikka biriktirilgan yoshlar o‘rtasida “Xavfsiz hayot uchun birlashaylik” shiori ostida o‘tkazilgan tanlovning O‘zbekiston Respublikasi bosqichida Qoraqalpog‘iston Respublikasi yoshlari g‘olib bo‘lishdi

Joriy yilning may-iyun oylarida O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligiga  vasiylikka biriktirilgan yoshlar o‘rtasida “Xavfsiz hayot uchun birlashaylik” shiori ostida joylarda keng qamrovli maʼnaviy-maʼrifiy, vatanparvarlik va sport tadbirlari o‘tkazilib hududiy g‘oliblari aniqlandi. Mazkur tanlovning O‘zbekiston Respublikasi bosqichida joriy yilning 21-22-iyun ko‘nlari Toshkent shahrida o‘tkazilib Qoraqalpog‘iston Respublikasi nomidan qatnashgan yoshlar ham munosib ishtirok etdi. Tanlovning yakuniga ko‘ra “sheʼriyat yo‘nalishi” bo‘yicha Bo‘zlovli yosh Gulsima Orazaliyeva, “Yosh Huquqshunos” yo‘nalishida Nukuslik Liza Shkolbayeva va “Ijrochilik yo‘nalishi” bo‘yicha Azimbay Qalbayevlar 3-o‘rinni egalladi. G‘oliblarga vazirlik tomonidan tayyorlangan diplom va ertalik sovg‘alar topshirildi.  Bunday tadbirlarni o‘tkazishdan maqsad kelajagimiz egalari bo‘lgan yoshlarni vatanparvarlik ruxida tarbiyalash,  ullarning huquqiy savodxonligini oshirish va sog‘lom raqobatni shakllantirishdan iborat.

Text to speech