13 Aprel 2023 yil 660

Ichki ishlar bo‘limlari shaxsiy tarkibi hamda ularning taklif etilgan ota-onalari ishtirokida “Korrupsiyaga qarshi kurashish haftaligi” bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazildi

Joriy yilning 12-19 aprel kunlari ichki ishlar organlarida “Korrupsiyaga qarshi kurashish haftaligi” munosabati bilan 13-aprel kuni O‘zbekiston Respublikasi IIV Jismoniy va jangovar tayyorgarlik boshqarmasi Test markazi bosh inspektori podpolkovnik Umid Yuldashov hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi IIV MMI va KBTX xodimlari tomonidan kasbiy madaniyat talablari va xizmat intizomiga rioya qilishlari, korrupsiyaga qarshi kurashish va salbiy holatlarning barvaqt oldini olish maqsadida, Mo‘ynoq, Qo‘ng‘irot, Sho‘manay, hamda Qanliko‘l  tumanlari IIB bo‘limlari shaxsiy tarkibi hamda ularning taklif etilgan ota-onalari ishtirokida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
Yig‘ilishda korrupsiya xarakterdagi jinoyatlarni sodir etgan xodimlarning pushaymonligi va ularni oila aʼzolarini hozirgi kundagi hayot tarzining ahvoli aks ettirilgan taʼsirchan va tarbiyaviy videofilm yig‘ilish qatnashchilari eʼtiboriga namoyish etildi.
Yig‘ilish davomida yo‘l harakati xavfsizligi qoidalariga amal qilmasliglari yoki bilmasliklari oqibatida ularning bevosita aybi bilan yo‘l-transport hodisalarini sodir etgan yoki poraxo‘rlik va tamagirlik kabi jinoyatga qo‘l o‘rgan xodimlar haqidagi maʼlumotlar shaxsiy tarkib eʼtiboriga yetkazildi.
 Shundan so‘ng O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining 2023 yil 31 martdagi “Ichki ishlar organlari xodimlarga malaka toifasini berish va malaka toifasiga ega xodimlar hisobini yuritish tartibini takomillashtirish to‘g‘risidagi”gi 165-sonli buyrug‘ining mazmun mohiyati haqida tushuncha berildi.
Yig‘ilish so‘ngida Qoraqalpog‘iston Respublikasi IIV MMIvaKBTX masʼul xodimi tomonidan, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan joriy yilning 1 choragida sodir etilgan xizmat intizomini buzish holatlari to‘liq o‘qib eshittirildi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi IIV Axborot xizmati

Text to speech