Ichki Ishlar vazirining o‘rinbosari general-mayor B.Y.Mirzaraximov Xalqaro aeroportida xavfsizlikni taʼminlash harbiy qismga tashrif buyurdi.
O‘zbekiston Respublikasi IIV Xalqaro aeroportida xavfsizlikni taʼminlash bo‘yicha qo‘shinlari 7261 sonli harbiy qismga O‘zbekiston Respublikasi Ichki Ishlar vazirining o‘rinbosari general-mayor B.Y.Mirzaraximov tashrif buyurdi.
O‘zbekiston Respublikasi Ichki Ishlar vazirining o‘rinbosari harbiy xizmatchilar bilan yig‘ilish o‘tkazib, maʼnaviy-axloqiy va harbiy vatanparvarlik ruhida tarbiyalash jarayonini uzluksiz, tizimli ravishda, jangovar tayyorgarlik va kundalik turmush bilan chambarchas bog‘liq xolda olib borilishini va barcha toifadagi harbiy xizmatchilarning har bir daqiqasi bekor ketmasligi uchun qo‘shimcha imkoniyatlar yaratib berilganligi hamda ularning o‘z ustida ishlashini, muntazam sport bilan shug‘ullanishi, doimo kitob o‘qishini, chet tillari va axborot texnologiyalarini o‘rganishini tashkillashtirish bo‘yicha vazifalar belgilanganligini taʼkidlab o‘tdi.
Shundan so‘ng general-mayor B.Y.Mirzaraximov harbiy xizmatchilarga yaratilgan shart-sharoitlar bilan tanishib chiqdi va “Nukus” xalqaro aeroportiga borib qorovul shaxsiy tarkibi bilan ham uchrashib qorovulxonadagi yaratilgan shart-sharoitlar bilan tanishib chiqdi va tegishli ko‘rsatmalar berdi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi IIV Axborot xizmati.