21 Aprel 2022 yil 815

Ichki ishlar vazirligi tashabbusi bilan Nukus davlat pedagogika institutida yoshlar bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Joriy yilning 21-aprel kuni Ajiniyaz nomidagi Nukus davlat pedagogika institutida yoshlar orasida jinoyatchilikning hamda huquqbuzarliklarning oldini olishga qaratilgan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.           
Tadbirga, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vaziri polkovnik A.Orinbayev, yoshlar ishlari agentligi  Qoraqalpog‘iston Respublikasi boshqarmasi boshlig‘i I.Abdikalikov, Qoraqalpog‘iston Respublikasi prokuraturasi, Davlat xavfsizligi xizmati Qoraqalpog‘iston Respublikasi boshqarmasi tegishli idoralar, ichki ishlar organlarining sohaviy xizmat rahbarlari, institut professor-o‘qituvchilari hamda talabalar ishtirok etishdi.
Uchrashuvni,  institut rektori B.Otemuratov boshqarib bordi.           
Uchrashuvga tashrif buyurgan huquqni muhofaza qiluvchi organ va idoralar vakillari so‘zga chiqib, so‘ngi yillarda davlatimiz tomonidan yoshlarga bo‘lgan eʼtibor davlat siyosati, darajasiga ko‘tarilib Uchinchi, Renessansning poydevorini yaratuvchi kelajak egalari o‘qib bilim olishi, kasb-hunar egallab, xalqqa xizmat ko‘rsatish, tadbirkorlik bilan shug‘ullanish, o‘zlarining oldiga qo‘ygan maqsadlarini amalga oshirish uchun keng imkoniyatlar yaratilganligini taʼkidlab o‘tildi.           
Shundan so‘ng, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vaziri polkovnik A.Orinbayev so‘zga chiqib joriy yilning 3 oyi davomida talaba yoshlar o‘rtasida sodir etilgan huquqbuzarliklar va jinoyatlar haqida bayonot o‘qib, kelgusida talaba yoshlar orasida huquqbuzarliklar va jinoyatlarning oldini olishga qaratilgan ishlar yuzasidan rejalar belgilab olindi hamda ichki ishlar vazirining tegishli buyrug‘iga asosida, Nukus davlat pedagogika instituti profilaktika inspektori lavozimiga tayinlandi kapitan Masharipov Bahadir Jumabayevich tadbir ishtirokchilariga tanishtirildi.           
Uchrashuvning keyingi qismida talaba yoshlar o‘zlari qiziqtirgan savollari va taklif va tavsiyalari tinglanib, ichki ishlar vazirliging mutasaddi xodimlari tomonidan batafsil maʼlumotlar berildi va kelgusida hamkorlikda amalga oshiriladigan ishlar kelishib olindi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi IIV Axborot xizmati.

Text to speech