Voleybol bo‘yicha musobaqaning g‘olibi ichki ishlar organlari xotin-qizlar jamoasi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi “Dinamo” jismoniy tarbiya va sport jamiyatining 2021 yil uchun mo‘ljallangan sport turlari bo‘yicha musobaqalarni o‘tkazish Kalendar rejasiga asosan, joriy yilning 1-2 mart kunlari 8-mart – “Xalqaro xotin-qizlar kuni” bayrami munosabati bilan Qoraqalpog‘iston Respublikasi huquqni muhofaza qiluvchi organlarida xizmat qilayotgan xotin-qizlar o‘rtasida sportning voleybol turidan musobaqa o‘tkazildi.
O‘tkazilgan musobaqa yakuniy bosqichida vazirlikning 1-terma jamoasi musobaqa g‘olibi bo‘ldi. 2-o‘rinni O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Qoraqalpog‘iston Respublikasi bo‘yicha boshqarmasi va 3-o‘rinni vazirlikning ikkinchi jamoasi egalladi.
Musobaqada nominatsiya bo‘yicha, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Bojxona boshqarmasidan katta leytenant Toreniyazova Gulbanu Sharapatdinovna “Eng yaxshi o‘yin uslubini ko‘rsatgan” deb topildi.
Musobaqa yakunida g‘oliblarga Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vaziri polkovnik A.J.Temirxanov, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vazirining o‘rinbosari polkovnik I.B.Axmedov va Qoraqalpog‘iston Respublikasi “Dinamo” jismoniy tarbiya va sport jamiyati kengashi raisining o‘rinbosari podpolkovnik D.K.Seytovlar tomonidan kubok, diplom, medal va esdalik sovg‘alari topshirildi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi IIV Axborot xizmati