23 Mart 2025 yil 1028

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vazirining navbatdagi shaxsiy qabuli o‘tkazildi

Joriy yilning 23 mart kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi binosida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vazirining navbatdagi shaxsiy qabuli o‘tkazildi. Unda fuqarolar vazirga o‘zlarining buzilgan huquqlari, ichki ishlar organlariga bog‘liq, shuningdek, boshqa hayotiy masalalari bilan murojaat qildi. Qabul davomida fuqarolarning turli masalalardagi murojaatlari ko‘rib chiqilib, ayrimlari shu yerning o‘zida ijobiy yechim topdi. Shuningdek, murojaat qilgan fuqarolardan tegishli tartibda arizalar qabul qilinib, qonun va boshqa normativ-huquqiy hujjatlar doirasida batafsil tushuntirishlar berildi. Murojaatlar qo‘shimcha o‘rganish va qonuniy yechim topish uchun ish yurituviga olinib, tegishli sohaviy xizmat rahbarlariga zarur ko‘rsatma va topshiriqlar berilgan holda ularning ijrosi nazoratga olindi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Axborot xizmati

Text to speech