7 Aprel 2025 yil
922
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vaziri boshchiligida Chimboy tumani hokimligi majlislar zalida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-1-sonli qarori ijrosini ta’minlash maqsadida mahallalarda amalga oshirilgan ishlar tinglandi.
Joriy yilning 7-aprel kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vaziri boshchiligida Chimboy tumani hokimligi majlislar zalida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-1-sonli qarori ijrosi yuzasidan amalga oshirilgan ishlar tinglandi. Yig‘ilishda tuman prokurori, mahalla yettiligi, muassasa tashkilotlari rahbarlari ishtirok etdi. Bugungi kunda mahallalarda yoshlar, ayollar va ishsizlar tomonidan, shuningdek, oila-turmush munosabatlari doirasida sodir etilgan jinoyatlarning oldini olish borasida mahalla yettiligining har bir vakilining amalga oshirgan ishlari tinglandi hamda bu boradagi ishlarni kuchaytirish bo‘yicha mutasaddilarga topshiriqlar berildi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining Axborot xizmati