Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan holat yuzasidan rasmiy maʼlumot
Mazkur jinoyat ishi Nukus shahar IIO FMB huzuridagi Tergov bo‘limi katta tergovchisi mayor A.Kaypova tomonidan fuqaro Jumaniyazova Nadira Allanazarovnaga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi JKning 109-moddasi 2-qismi bilan qo‘zg‘atilgan.
Jinoyat ishining qo‘zg‘atilishiga, 2023 yil 30 mart kuni soat 12:30larda fuqaro Jumaniyazova Nadira Allanazarovna nukus shahri M.Jumanazarov ko‘chasi bo‘yida joylashgan 12-sonli o‘rta maktabning 4 qavati koridorida ushbu maktabda direktor o‘rinbosari lavozimida ishlovchi Ibragimova Guljaxan Jalgasbayevna bilan o‘z-aro janjallashayotgan payt, G.Ibragimovaning ko‘kragidan itarib yuborgan, natijada G.Ibragimova tan jarohatini olib shifoxonaga ko‘ringan.
Tayinlangan sud tibbiy ekspertizasining 06.04.2023 yildagi 609/42-sonli xulosasida G.Ibragimova bosh miya yopiq jarohati, bosh miyaning chayqalishi, yuqori lab bo‘limining yumshoq to‘qimasining lat yeyishi va shilinmasi, boshning ensa bo‘limining yumshoq to‘qimasining lat yeyishi tan jarohatini olganligi, ushbu tan jarohatlar sog‘liqning qisqa vaqt, yaʼni olti kundan ortiq, ammo yigirma bir kundan ko‘p bo‘lmagan muddatga yomonlashuviga yoki umumiy mehnat qobiliyatining uncha uzoq bo‘lmagan muddatga yo‘qotilishiga sabab bo‘lgan “Yengil” darajadagi tan jarohatini olganligi ko‘rsatilgan
18.04.2023 yilda jinoyat ishi bo‘yicha G.Ibragimova jabrlanuvchi tariqasida ishga jalb qilinib, jabrlanuvchi tariqasida so‘roq qilingan.
Nukus shahar IIO FMB huzuridagi Tergov bo‘limida ish hajmi ko‘p bo‘lganligi sababli 06.05.2023 yilda Qoraqalpog‘iston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov boshqarmasi tomonidan surishtiruv harakatlarini olib borish uchun jinoyat ishi Nukus tumani IIB huzuridagi Tergov guruhi katta tergovchisi kapitan A.Baymuratovga topshirilgan.
07.05.2023 yilda jinoyat ishi bo‘yicha fuqaro N.Jumaniyazovadan voqea sodir bo‘lgan vaqtdagi video tasvir ashyoviy dalil tariqasida olinib, ko‘zdan kechirilgan.
15.05.2023 yilda jinoyat ishi bo‘yicha N.Jumaniyazova himoya huquqi bilan taʼminlanib, gumon qilinuvchi tariqasida ishga jalb qilinib, gumon qilinuvchi tariqasida so‘roq qilingan.
Hozirgi vaqtda jinoyat ishi bo‘yicha surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi IIV Axborot xizmati