10 Iyul 2025 yil
293
Yashil toifaga kiritilgan mahalla yettiligi vakillari uchun o‘quv seminari o‘tkazildi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 3-yanvardagi PQ-1-sonli qarori ijrosini ta’minlash maqsadida, bugun Taxtako‘pir tumani hokimligining majlislar zalida tumandagi "yashil toifa"ga kiritilgan mahalla yettiligi vakillari uchun o‘quv seminari o‘tkazildi. Seminarni O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Akademiyasi professor-o‘qituvchisi U.Norboyev olib bordi. Tadbirda mahalla yettiligi a’zolarining vazifalari, jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish, aholi bilan ishlash samaradorligini oshirish masalalari yuzasidan ma’ruzalar tinglandi va tavsiyalar berildi.