7 Avgust 2020 yil
1325
Yangi tayinlangan profilaktika inspektorlarining huquqiy bilimlari oshirilmoqda
Hozirgi kunda yurtimizda koronavirus pandemiyasiga qarshi keskin kurash olib borilayotgan bir vaqtda vazirlik rahbariyati tomonidan karantin qoidalariga to'liq rioya qilgan holda xodimlarning huquqiy savodxonligini oshirishga alohida e'tibor qaratib kelmoqda. Xususan, O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining 2020 yil 22 iyulь kunidagi “Ichki ishlar organlarining profilaktika inspektori lavozimlariga to'g'ridan-to'g'ri tanlov asosida qabul qilingan xodimlarni maxsus kasbiy tayyorlash to'g'risida”gi farmoyishi talablari asosida vazirlik Malaka oshirish instituti tomonidan profilaktika inspektori lavozimlariga to'g'ridan-to'g'ri tanlov asosida qabul qilingan xodimlarda jamoat xavfsizligini ta'minlash, huquqbuzarliklar sodir etilishining barvaqt oldini olish va jinoyatchilikka qarshi kurashish bo'yicha huquqiy bilim va ko'nikmalarni shakllantirish maqsadida masofadan o'qitish o'quv kurslari o'tkazilishi belgilangan.
Masofadan o'qitish o'quv kurslari joriy yilning 10 avgust kunidan
10 oktyabrь kuniga qadar, xodimlarning o'z xizmat joylarida, xizmatdan ajralmagan holda tashkil etilib, o'quv mashg'ulotlari yakuni bo'yicha sertifikatlar berilishi belgilangan.
Joriy yilning 7 avgust kuni Qoraqalpog'iston Respublikasi Ichki ishlar vaziri o'rinbosari polkovnik I.B.Axmedov rahbarligida masofadan o'qitish o'quv kurslari oldidan xodimlarga o'quv mashg'ulotlarining mazmun-mohiyati, o'qish tartib-qoidalarini xodimlarga yetkazish yuzasidan yig'ilish o'tkazildi. Yig'ilishda O'zbekiston Respublikasi IIV Qoraqalpoq Akademik litseyi direktori o'rinbosari podpolkovnik S.Allambergenov, vazirlikning kadrlar boshqarmasi va huquqbuzarliklar profilaktikasi boshqarmasining mas'ul xodimlari hamda yangi tayinlangan profilaktika inspektorlari ishtirok etishdi. Yig'ilish davomida xodimlarga o'quv kurslariga o'z muddatida ishtirok etib, o'quv dasturi asosidagi mavzularni to'liq o'zlashtirib borishlari, xizmat va ijrochilik intizomiga qat'iy rioya qilishlari yuzasidan tushuntirish ishlari olib borilib, Prezidentimiz, Hukumatimiz va vazirlik rahbariyati tomonidan yaratib berilayotgan imkoniyatlardan unumli foydalangan holda ichki ishlar organlarini xalqchil tizimga aylantirishda o'z hissalarni qo'shishlari bo'yicha ko'rsatma va tavsiyalar berildi.
Yig'ilish yakunida har bir xodimga masofadan o'qitish o'quv kurslarida onlayn va oflayn tarzda ishtirok etishlari uchun login-parollar tarqatildi.

Qoraqalpog'iston Respublikasi IIV Axborot xizmati