7 Avgust 2021 yil 595

Iqtidorlar aniqlandi

O‘zbekiston Respublikasi IIVning 2021 yil 15 iyul kungi 148-sonli farmoyishi ijrosini ta’minlash maqsadida, Joriy yilning 6 avgust kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi boshqarma bo‘lim va xizmat sohalarida xizmat qilayotgan xodimlari o‘rtasida «Yangi O‘zbekistonda erkin va farovon yashaylik shiori ostida» tanlov o‘tkazildi.
Avvalambor, unib o‘sib kelayotgan yosh avlod qalbida Vatanga muhabbat va sadoqat tuyg‘ularini kamol toptirish, ona yurt taqdiriga daxldorlik hissi bilan yo‘g‘rilgan mazmunan teran, badiiy yetuk qo‘shiqlar va ijod namunalarini yaratish, iste’dodlarni kashf etish va ularni munosib rag‘batlantirish ushu tanlovning asosiy maqsadi hisoblanadi. Tanlov ishtirokchilari tomonidan kuy-qo‘shiqlar raqs va milliy cholg‘u asboblarida ko‘y ijro etib o‘z iqtidorlarini namoyish etishdi.
Har bir ishtirokchilarning chiqishlari hakamlar tomonidan baholanib borildi.
Tanlov yakunlariga ko‘ra g‘oliblar aniqlanib, tanlovning Respublika bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritishdi. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vazirining o‘rinbosari polkovnik I.Axmedov hamda vazirning maslahatchisi iste’fodagi polkovnik O.Turdaqovlar tomonidan tanlov ishtirokchilari diplom pul mukofotlari va sovg‘alar tantanali ravishda topshirildi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi IIV Axborot xizmati.

 

Text to speech