9 Yanvar 2022 yil 897

Ishchi guruh tomonidan To‘rtko‘l tumanida amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi.

Joriy yilning 8 yanvar kuni O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Jamoat xavfsizligi departamenti boshlig‘ining o‘rinbosari, Huquqbuzarliklar profilaktikasi xizmati rahbari polkovnik B.Berdaliyev boshchiligida ishchi guruh Qoraqalpog‘iston Respublikasi To‘rtko‘l tumanida huquqbuzarliklar profilaktikasini tashkil etish borasida amalga oshirilayotgan ishlarni o‘rganish ishlarini olib bordi shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 29 noyabr kungi “O‘zbekiston Respublikasi jamoat xavfsizligi konsepsiyasini tasdiqlash va uni amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-27-son Farmoni ijrosi yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishib chiqdi.
To‘rtko‘l tumani “Ullubog‘” ovul fuqarolar yig‘inida tashkil qilingan “Huquq-tartibot maskani”da yaratilgan sharoitlar bilan yaqindan tanishib o‘tdi. Mazkur maskanda polkovnik B.E.Berdaliyev To‘rtko‘l tumani bo‘yicha mahallabay jinoyatchilikni jilovlash hamda “Ullubog‘” ovul fuqarolar yig‘inida va bozor hududida jamoat tartibini saqlash va huquqbuzarliklar profilaktikasi faoliyatini tashkil qilish bo‘yicha olib borilayotgan ijobiy ishlar bilan yaqindan tanishdi.
 Бундан tashqari O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 29 noyabr kungi “O‘zbekiston Respublikasi jamoat xavfsizligi konsepsiyasini tasdiqlash va uni amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-27-son Farmoni bilan tasdiqlangan 2022-2025 yillarda O‘zbekiston Respublikasida jamoat xavfsizligini ta’minlash tizimini rivojlantirish strategiyasida belgilangan umumta’lim muassasalarida “Harakat xavfsizligi sinfxonalari”ni tashkil etish bo‘yicha To‘rtko‘l tumani XTBga qarashli 40-sonli ixtisoslashtirilgan davlat o‘rta maktabida ichki ishlar bo‘limi tashabbusi va “Vatanparvar” tashkiloti bilan tashkil qilingan harakat xavfsizligi sinfxonasi, hamda inspetkor-psixolog xonasi va ichki ishlar xodimlarining xizmat jarayoni aks ettirilgan vatanparvarlik burchagi bilan va olib borilayotgan ish faoliyati bilan yaqindan tanishdi.
Polkovnik B.E.Berdaliyev hududda huquqbuzarliklar profilaktikasini amalga oshirish, jinoyatchilikni jilovlash bo‘yicha tegishli ko‘rsatmalarni berib o‘tdi.

 

Qoraqalpog‘iston Respublikasi IIV Axborot xizmati

Text to speech