17 Oktyabr 2025 yil 49

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vazirining o‘rinbosari boshchiligida Sho‘manay tumanida jinoyatchilikning oldini olish, jamoat xavfsizligini taʼminlash va huquqbuzarliklarni bartaraf etish borasida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan joriy yilning 9 oylik sarhisobi qilindi

Mazkur hisobot yig‘ilishda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vazirining o‘rinbosari polkovnik Baxitjan Izbasarovning boshchiligida o‘tkazildi. Unda tuman Ichki ishlar bo‘limi rahbariyat va xodimlari, sohaning tegishli mutasaddilari ishtirok etdi.

Yig‘ilishda 9 oy davomida tuman hududidagi kriminogen vaziyat, jinoyatchilik holati va uning oldini olish bo‘yicha amalga oshirilgan chora-tadbirlar atroflicha tahlil qilindi. Shu bilan birga, mavjud muammolar va ularni bartaraf etish yuzasidan taklif va tavsiyalar berildi.

Tadbir yakunida jinoyatchilikka qarshi kurashishda aholi bilan hamkorlikni kuchaytirish, profilaktik ishlar samaradorligini oshirish hamda jamoat tartibini taʼminlashga qaratilgan kelgusi vazifalar belgilab olindi.

 

 

Text to speech