Jamoat xavfsizligiga masʼul soha xodimlari o‘rtasida musobaqa o‘tkazildi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 20 oktyabr kunidagi «Sog‘lom turmush tarzini keng tadbiq etish va ommaviy sportni yana-da rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi PF-6099-son Farmoni ijrosini taʼminlash hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vazirining tegishli farmoyishiga asosan shaxsiy tarkibi o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, xodimlarning jismoniy tayyorgarligini yana-da oshirish, sport turlarini ommalashtirish maqsadida joriy yilning 17 aprel kuni O‘zbekiston Respublikasi IIV Qoraqalpoq akademik litseyida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar organlarining huquqbuzarliklar profilaktikasi, patrul-post, yo‘l-patrul va probatsiya bo‘limlari xodimlari o‘rtasida sportning “Shaxmat” turi bo‘yicha musobaqa o‘tkazildi. Musobaqada yuqoridagi sohalardan jami 16 nafar xodim ishtirok etishib, qiziqarli va bahslarga boy tarzda o‘tkazildi. Musobaqa yakuniga ko‘ra 3-o‘rinni Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasidan mayor Aybek Bekmanov, 2-o‘rinni Taxtakupir tumani Ichki ishlar bo‘limi boshlig‘ining o‘rinbosari mayor Rustem Inyatov va 1-o‘rinni vazirlik Patrul-post xizmati va jamoat tartibini saqlash boshqarmasidan safdor Sultan Urazimbetovlar egalladi.
Musobaqa g‘oliblarini taqdirlash tadbiriga Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vazirining o‘rinbosari polkovnik I.Axmedov ishtirok etib, g‘olib bo‘lgan xodimlarni tabriklab musobaqaning keyingi bosqichida zafarlar tiladi va g‘oliblarga vazirlik tomonidan tayyorlangan diplom va esdalik sovg‘alari topshirildi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Axborot xizmati.