15 Dekabr 2020 yil 1211

JAZONI O'TASh TARTIBIGA RIOYa QILGAN MAHKUMLAR JAZODAN OZOD QILINDI

Bugungi kunda Ichki ishlar organlari probatsiya guruhlarida jazo muddatini o'tayotgan, jazoni o'tash tartibiga qat'iy rioya qilgan, mehnatga halol munosabatda bo'lgan mahkumlarni Jinoyat kodeksining 73-moddasiga asosan jazoni o'tashdan muddatidan ilgari shartli ravishda ozod qilish haqidagi taqdimnomalar ko'rib chiqilib, mahkumlar jazodan muddatidan ilgari ozod qilinmoqda.
Nukus shahar IIO probatsiya guruhi hisobida turgan 13 nafar mahkumning qarshisiga taqdimnomalar kiritilib, 2020 yil 14-dekabrь kuni kiritilgan taqdimnomalar bo'yicha sud jarayoni bo'lib o'tdi, sud jarayonida jazo muddatini o'tash mobaynida  tuzalish yo'liga o'tgan, o'zining hulq-atvorini yaxshi tarafdan ko'rsatib, sud hukmida ko'rsatilgan majburiyatlarni o'z vaqtida bajarib kelgan 13 nafar mahkum O'zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 73-moddasiga asosan muddatidan oldin shartli ravishda ozod qilindi.
 
Qoraqalpog'iston Respublikasi IIV Axborot xizmati
 
Text to speech