14 Yanvar 2025 yil 2965

Qoraqalpog‘iston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov boshqarmasi va uning quyi bo‘linmalari xodimlari ishtirokida Vazirlikning Huquqiy statistika va tezkor-hisob maʼlumotlar markazi bilan hamkorlikda o‘quv seminari o‘tkazildi

Seminar davomida, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 03.09.2020 yildagi PQ-4818-son Qarori va 16.01.2023 yildagi PF-11-son Farmoniga asosan sud tergov faoliyatini to‘liq raqamlashtirish, sunʼiy intellekt texnologiyalarini joriy etish, idoralararo elektron maʼlumot almashtiruvni yaxshilash kabi masalalar muhokama qilindi.

Shuningdek, jinoyat ishi doirasida “Qamoqqa olish” tarzidagi ehtiyot chorasini qo‘llashda “Elektron jinoiy-huquqiy statistika” yagona axborot tizimining “Protsessual majburlov choralari” moduli  kiritilgan o‘zgarishlar, yaratilgan yangi imkoniyatlar haqida tergovchi va surishtiruvchilarga batafsil maʼlumot berildi

Text to speech