6 Oktyabr 2020 yil 981

Qoraqalpog'iston Respublikasi Ichki ishlar vazirining o'rinbosari podpolkovnik M.T.Raxmatullayev tomonidan Beruniy tumani faollari ishtirokida tumanda sodir etilgan jinoyatlar muhokama qilindi.

Joriy yilning 03 oktyabrь kuni, vaziri o'rinbosari M.T.Raxmatullayev tomonidan Beruniy tumani IIB xodimlarining huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashdagi amalga oshirayotgan faoliyati o'rganildi hamda tumanda sodir etilishiga yo'l qo'yilgan og'ir va o'ta og'ir jinoyatlar muhokamasi bo'lib o'tdi.
Vazir o'rinbosari, Beruniy tumani sektor rahbarlari hamda tumandagi “Turon” Mahalla fuqarolar yig'inining mahalla faollari ishtirokida, ushbu mahallarda sodir etilgan jinoyatlar muhokama qilinib, mazkur jinoyatlarning kelib chiqish sabablari va uning sodir etilishiga imkon bergan shart-sharoitlar o'rganildi.
Shuningdek, vazir o'rinbosari M.T.Raxmatullayev tomonidan “Turon” mahalla fuqarolar yig'ini hududida xizmat olib boruvchi profilaktika inspektorlarining faoliyatini o'rganish maqsadida ularning xizmat xonasiga borib, ish sharoitlari hamda yurituvidagi hujjatlar, tergovga qadar tekshiruv materiallari o'rganildi. Yo'l qo'yilgan kamchiliklarni bartaraf etish, huquqbuzarlik va jinoyatlarni barvaqt oldini olish yuzasidan tegishli topshiriqlar berib o'tdi.
Bundan tashqari, vazir o'rinbosari tomonidan Beruniy tumanida koronavirus pandemiyasi tarqalishining oldini olish yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlari tekshirilib, fuqarolarning karantin qoidalariga rioya qilinishi yuzasidan ishlarni jadal davom ettirishlik bo'yicha mas'ullarga  tegishli ko'rsatmalar berildi.

Qoraqalpog'iston Respublikasi IIV Axborot xizmati
 
Text to speech