Yo‘l harakati xavfsizligi xodimlari taqdirlandi
Joriy yilning 29 sentyabr kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasi ichki ishlar
vazirligi Jamoat xavfsizligi xizmati Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi yo‘l
patrul xizmati xodimlari ishtirokida tadbir tashkillashtirildi.
Tadbirni Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vaziri polkovnik Baxtiyar
Torebekov ochib berdi hamda O‘zbekiston va Qoraqalpog‘iston Respublikalarining
davlat madhiyalari jarangladi. Ichki ishlar vaziri bugungi kunda yo‘llarda
inson hayotini saqlash, yo‘l infrаtuzilmalarini yaxshilash bo‘yicha bir qancha
ijobiy ishlar amalga oshirilganini taʼkidlab o‘tdi.
Undan so‘ng
O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Jamoat xavfsizligi departamenti
Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati boshlig‘i polkovnik Olim Saydov
so‘zga chiqib yo‘l harakati xavfsizligini taʼminlashda o‘z hissasini qo‘shib
kelayotgan xodimlarga va faxriylarga o‘z minnatdorchilikni bildirdi hamda bir
qator xodimlar va faxriylarga minnatdorchilik, pul mukofoti hamda qimmat baholi
sovg‘alar topshirildi shuningdek yo‘l patrul xizmati batalyoni xodimlariga 7
dona xizmat avtomashinalari tantanali ravishda topshirildi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi IIV Axborot xizmati