27 Oktyabr 2020 yil 2420

KASB BAYRAMI NISHONLANDI

Yurtimizda har qanday kasb jamiyatimiz hayotida o'z o'rniga egadir. Shu boisdan ham uning ahamiyatini yana da oshirish maqsadida ma'lum bir kun kasb bayrami sifatida nishonlanib kelinadi. Shular qatorida «25 oktyabrь – Ichki ishlar organlari xodimlari kuni» bayrami sifatida belgilangan.
Ushbu sana munosabati bilan Qoraqalpog'iston Respublikasi Ichki ishlar vazirligida bayram tadbiri bo'lib o'tdi.
Tadbirda so'zga chiqqan vazir polkovnik, A.Temirxanov bugungi kunda soha vakillari aholining tinch va farovon hayotini ta'minlash, jinoyatchilik va huquqbuzarliklarga qarshi kurashish, jamoat tartibini saqlash, shuningdek, koronavirus pandemiyasi tarqalishining oldini olish va jamiyatining boshqada hayotiy muhim vazifalarini amalga oshirishda o'zining alohida o'rniga ega ekanligini ta'kidlab, bayram bilan tabrikladi.
Bundan keyin so'zga chiqqan Qoraqalpog'iston Respublikasi Mahalla va Oilani qo'llab-quvvatlash vaziri, S.Turmanov, O'zbekiston Respublikasi «Yoshlar ishlari agentligi» Qoraqalpog'iston Respublikasi boshqarmasi boshlig'i, senator A.Daniyarovlar ichki ishlar organlarida xizmat olib borayotgan xodimlardan bir guruhini o'zlarining idoralari tomonidan tayyorlangan Faxriy yorliq va tashakkurnomalarini topshirdi. Shuningdek, Qoraqalpog'iston Respublikasi prokuraturasi va O'zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Qoraqalpog'iston Respublikasi boshqarmasi vakillari tomonidan ham xodimlar taqdirlandi.
Bayram tadbiri doirasida, Nukus shahridagi 22 kichik tuman hududida ichki ishlar vazirligi xodimlari uchun yangidan qurib bitkazilgan uyni topshirish marosimi bo'lib o'tdi. Yangidan qurib bitkazilgan 30 xonadon egalaridan biri kapitan Baxitbay Mambetniyazov bo'ldi. U hozirgi paytda Qoraqalpog'iston Respublikasi IIV Axborot-texnologiyalari, aloqa va axborotni himoyalash bo'limi katta mutaxassis-muhandisi lavozimida xizmat olib bormoqda.
So'ngi paytlari ichki ishlar tizimida o'tkazilgan islohotlar tufayli ancha ijobiy o'zgarishlar ro'y berdi. Sohani moddiy-texnik ta'minlash, xodimlarga qulay ish sharoitini yaratish, ularni har tomonlama qo'llab-quvvatlash shular jumlasidandir. Ayniqsa, xodimlarga mana shunday imtiyozli kredit asosida uylar berilishi xodimlarning oilaviy muammolardan birining yechimi bo'lmoqda. Bu esa, ularning boshqa narsalarga chalg'imasdan,  xizmatni samarali olib borishini ta'minlaydi. Mana bugun men ham shular qatorida ikki xonali uyga ega bo'ldim. Bundan barcha oila a'zolarimning xursandchiligi cheksiz-deydi B.Mambetniyazov.


Azamat PIRNIYAZOV

“Postda” muxbiri

Text to speech