29 Oktyabr 2020 yil
863
Kegeyli tumanidagi sayyor qabulda 8 murojaatlar o'rganib chiqildi.
Joriy yilning 28 oktyabrь kuni, Kegeyli tumani 11-sonli bolalar musiqa va san'at maktabi binosida, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining Qoraqalpog'iston Respublikasi xalq qabulxonasi boshlig'i S.Xudaybergenov, Qoraqalpog'iston Respublikasi Vazirlar kengashi raisining o'rinbosari J.Kazbekov, Qoraqalpog'iston Respublikasi prokurorining o'rinbosari adliya katta maslahatchisi D.Elmuratov, Qoraqalpog'iston Respublikasi Ichki ishlar vazirining o'rinbosari podpolkovnik M.Raxmatullayev hamda tegishli tashkilotlar mas'ul rahbarlari va tuman barcha sektor rahbarlari ishtirokida Kegeyli tumani aholisi o'rtasida sayyor qabul o'tkazildi. Sayyor qabul davomida, vazir o'rinbosari M.Raxmatullayev tomonidan
8 nafar fuqarolarning turli ijtimoiy masalalaridagi murojaatlari qabul qilindi.
Jumladan, fuqarolarning “ishga joylashtirish, mahallasini gaz bilan ta'minlash hamda tomorqa yerlariga suv yetkazib berish” kabi masalalari ko'rib chiqildi.
Vazir o'rinbosari M.Raxmatullayev tomonidan fuqarolarning 4 ta masalalari bo'yicha huquqiy tushuntirish berildi hamda qolgan holatlar yuzasidan arizalari qabul qilinib, ijrosi nazoratga olindi.

Qoraqalpog'iston Respublikasi IIV Axborot xizmati