23 Sentyabr 2025 yil 407

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Jamoat xavfsizligi xizmati, Huquqbuzarliklar profilaktikasi boshqarmasi boshlig‘i boshchiligidagi ishchi guruh Taxtako‘pir tumanida o‘rganish ishlarini olib bordi

Tumanda voyaga yetmaganlar tomonidan sodir etilgan jinoyatlar 100 foizga o‘sganligini hisobga olib, tuman hokimligi bilan birgalikda tuman hududidagi barcha maktab direktorlari bilan uchrashuv o‘tkazilib jinoyatning kelib chiqish sabablari muhokama qilindi. Shuningdek, o‘quvchilarning darsga ishtiroki ishchi guruh tomonidan o‘rganilib, voyaga yetmaganlar o‘rtasida jinoyatchilikning oldini olish yuzasidan tegishli ko‘rsatma va topshiriqlar berildi.

 

Text to speech