11 Avgust 2021 yil 803

Sodir etilgan jinoyat keng jamoatchilik ishtirokida muhokama qilindi.

Kegayli tumani «Nurli bo‘ston» mahallasida joriy yilning 9 avgust kuni  sodir bo‘lgan mudhish jinoyat jamoat faollari bilan Muhokama qilindi.
Unga, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari polkovnik B.Rajapov, Kegayli tumani hokimi D.Utemuratov, va tumanning 4 sektor rahbarlari  va mahalla faollari ishtirok etdi. Muhokama yig‘ilishida jinoyatning sabablari va ularning sodir etilishiga imkon bergan shart-sharoitlar, kelgusida bunday holatlarni oldini olish bo‘yicha keng jamoatchilik bilan muhokama qilindi. Xususan,  har bir sodir etilgan jinoyat jazosiz qolmasligi, uning jamiyat uchun salbiy oqibatlari haqida to‘xtalib o‘tildi.
Muhokama davomida polkovnik B.Rajapov aholini hushyorlikka chaqirib, atrofdagilarga nisbatan befarq bo‘lmaslikni, ayniqsa spirtli ichimliklarga ichishga ro‘jo‘ qo‘ygan fuqarolarni aniqlab ular bilan profilaktik tadbirlarni amalga oshirish lozimligini hududdasodir etilgan har qanday jinoyat favqulodda holat sifatida baholanishini lozimligi haqida aytib o‘tdiShuningdek,  kelgusida hududda jinoyatlarning oldini olish borasida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ishlar belgilab olindi.


Qoraqalpog‘iston Respublikasi IIV Axborot xizmati

Text to speech