4 Mart 2024 yil 2908

Kinologiya bo‘linmasi xodimlarining mobil-sayyor o‘quv kurslari yakunlandi

O‘zbekiston Respublikasi IIVning 2024 yil 10 yanvar kunidagi 5-son farmoyishi talablariga asosan, Vazirlik Maxsus operatsiyalarni muvofiqlashtirish boshqarmasi Maxsus tayyorgarlik o‘quv markazi tajribali instruktor xodimlari tomonidan, Qoraqalpog‘iston Respublikasi IIV JXX JTSB Kinologiya bo‘linmasi hamda birinchi, ikkinchi, uchinchi mintaqaviy hudud, mintaqaviy muvofiqlashtirish markazlari kinologiya guruhlari kinolog xodimlari hamda ularga biriktirilgan xizmat itlari bilan o‘tkazilgan 14 kunlik mobil-sayyor o‘quv kurslari yakunlandi. O‘quv kursi yakuni bo‘yicha o‘tkazilgan yig‘ilishda, kinolog xodimlarga qo‘shimcha ko‘rsatmalar va topshiriqlar berilib, o‘quv kursini yakunlagani bo‘yicha sertifikatlar topshirildi. O‘z navbatida, Qoraqalpog‘iston Respublikasi IIV JXX JTSB boshlig‘i o‘rinbosari podpolkovnik G.Ametov tomonidan, o‘quv kursi tashkilotchilariga minnatdorchilik bildirilib, Qoraqalpog‘iston Respublikasi IIVning “Tashakkurnoma”larini topshirdi.

 

Text to speech