Kitoblar taqdimoti bo'lib o'tdi.
O'zbekiston Respublikasi IIVning 2021 yil 19 noyabr kungi «El yurt osoyishtaligi generallari», «Ichki ishlar organlarining mard o'g'lonlari» va «O'zbekiston xalqi xizmatida» nomli kitoblari taqdimotini o'tkazish hamda IIVning 2021 yil 21 oktyabr kungi 400-sonli bo'yro'g'i talablari ijrosini shaxsiy tarkibga yetkazish to'g'risidagi 245-sonli Farmoyishiga asos, Qoraqalpog'iston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi majlislari zalida tadbir bo'lib o'tdi.
Tadbirga, Qoraqalpog'iston Respublikasi Ichki ishlar vazirining o'rinbosari polkovnik I.B.Axmedov, O'zbekiston Respublikasi IIV Birlashgan kasaba uyushmasi raisining o'rinbosari iste'fodagi polkovnik A.X.Sattarov, vazirlik MMIvaKBTD katta inspektori podpolkovnik q.S.Shokirov, IIV Akademiyasi dotsenti podpolkovnik q.B.Qodirov soha faxriylar vazirlik xodimlari va o'quvchi yoshlar ishtirok etishdi.
Tadbirda, O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi «El yurt osoyishtaligi generallari», «Ichki ishlar organlarining mard o'g'lonlari» va «O'zbekiston xalqi xizmatida» nomli kitoblari chop etilganligi ushbu kitoblarda mustaqilligimizning mobaynida mamlakatimiz ichki ishlar organlarida amalga oshirilgan islohotlar, ijobiy o'zgarishlar elu-yurt osoyishtaligini ta'minlash, fuqarolarimizning qonuniy manfaatlarini himoya qilish yo'lidagi mashaqqatli va sharafli xizmatlari fidoyiliklari, tizimda ko'p yillar samarali xizmat qilib bugungi kunda yoshlarimizni vatanga muhabbat va burchiga sadoqat ruhida tarbiyalab kelayotgan faxriylarimizning xizmat burchini bajarish chog'ida mardlarcha halok bo'lgan xodimlarimizning jasorat va matonatlari aks ettirilganligini aytib o'tildi.
Shuningdek, keyingi yillarda barcha sohalar kabi ichki ishlar organlarida amalga oshirilayotgan islohotlar hamda O'zbekiston Respublikasi IIVning 2021 yil 21 oktyabr kungi 400-sonli bo'yro'g'i bilan xodimlarni tanishtirib o'tildi.
Qoraqalpog'iston Respublikasi IIV Axborot xizmati