10 Aprel 2021 yil 1713

Kitoblar yarmarkasi o‘tkazildi

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020 14 dekabrdagi «2020-2025 yillarda kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish  va qo‘llab-qo‘vatlash to‘g‘risida»gi 781-son qarorida 2021 yildan boshlab har yili aprel oyining birinchi haftasi «Kitobxonlik haftaligi» ni o‘tkazish belgilangan.
 Kitob – ruhiyatimiz ozuqasi, u bilan do‘stlashish kishini nafaqat yuksaltiradi, balki unga jahonni tanitadi, hamrohlik qiladi, ezgulikka yetaklaydi.
Xodimlarning kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish maqsadida, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vazirligida kitoblar yarmarkasi o‘tkazildi.
Kitoblar yarmarkasida xodimlar o‘zlari va farzandlari uchun o‘zbek, qoraqalpoq va jahon adabiyotining nodir asarlari, bolalar adabiyoti va turli janrlarda chop etilgan  kitoblarni olish imkoniyati yaratilib berildi. 

 

Qoraqalpog‘iston Respublikasi IIV Axborot xizmati

Text to speech