17 Aprel 2023 yil
430
Korrupsiyaga qarshi kurashish haftaligi” doirasida
“Korrupsiyaga qarshi kurashish haftaligi” doirasida bugun, 17-aprel kuni O‘zbekiston Respublikasi IIV Jismoniy va jangovar tayyorgarlik boshqarmasi Test markazi bosh inspektori podpolkovnik Umid Yuldashov hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi IIV MMI va KBTX xodimlari tomonidan Taxyotash tumani IIB shaxsiy tarkibi bilan huquqbuzarlik va xizmat intizomi buzilishi hamda korrupsion holatlarning oldini olish maqsadida navbatdagi muhokama yig‘ilishi o‘tkazildi.
Bunda, xodimlarga xizmat mobaynida poraxo‘rlik va tamagirlik hamda korrupsion holatlarga yo‘l qo‘ymaslik, vakolatdan chetga chiqmaslik, fuqarolar bilan muloqotda xushmuomala bo‘lish borasida ogohlantirishlar berildi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi IIV Axborot xizmati