14 Iyul 2023 yil
531
Kredit chiqartib berishni vada qilgan Firibgarga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi
2022 yilning dekabr oyidan 2023 yilning mart oyigacha, Nukus shahrida yashovchi 1989 yil tug‘ilgan X. P ismli shaxs Ellikqalʼa tumanida yashovchi 1976 yil tug‘ilgan Yu. N ga 1,5 milliard so‘m kredit chiqarib beraman deb jami 150 million so‘m pullarini aldab olgan. Yuz bergan holat yuzasidan To‘rtko‘l tumani IIB Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 168-moddasi 4-bo‘limi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan
Qoraqalpog‘iston Respublikasi IIV Axborot xizmati