7 Dekabr 2020 yil 946

Vazirlikda bosh qomusimiz qabul qilingan kunga bag'ishlanib bayram tadbiri bo'lib o'tdi.

Joriy yilning 7 dekabrь kuni, O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 28 yilligi  munosabati bilan Qoraqalpog'iston Respublikasi Ichki ishlar vazirligida tadbir bo'lib o'tdi. Dastlab, O'zbekiston va Qoraqalpog'iston Respublikalari Davlat madhiyalari yangradi.
Tadbirda, O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vaziri, general-leytenant P.R.Bobojonovning sana munosabati bilan yo'llagan bayram tabrigi shaxsiy tarkibga yetkazildi.
Shuningdek tadbirda, Qoraqalpog'iston Respublikasi Ichki ishlar vaziri polkovnik A.Temirxanov so'zga chiqib, Asosiy qonunimiz o'zining tamoyillari va qoidalari bilan mamlakatimiz taqdiri, har bir insonning huquq va erkinliklarini belgilashda muhim hujjat ekanligini ta'kidlab, xodimlarni bayram bilan tabrikladi.
So'ng,  sana munosabati bilan mukofotlangan xodimlarga maxsus unvonlar, faxriy yorliqlar va o'tkazilgan sport musobaqalari g'oliblariga sovg'alar topshirildi.
Tadbir doirasida kitoblar yarmarkasi ham tashkil etilib, xodimlarga o'zbek, qoraqalpoq  va jahon adabiyotining nodir asarlari, bolalar adabiyoti va turli janrlarda chop etilgan  kitoblarni olish imkoniyati yaratilib berildi. 

Qoraqalpog'iston Respublikasi IIV Axborot xizmati
 
Text to speech