28 Aprel 2025 yil 429

Nukus shahrida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vaziri boshchiligida "Xavfsiz va sog‘lom el" tezkor-profilaktik tadbiri hamda “Hamkor” tadbirlari doirasida Ichki ishlar organlari, Milliy gvardiya xodimlarining maxsus yig‘ini o‘tkazildi

O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining 2025 yil 9 aprel kungi, shuningdek, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vazirining 14 aprel kungi "Xavfsiz va sog‘lom el" tezkor-profilaktik tadbirini o‘tkazish to‘g‘risidagi farmoyishlariga asosan, 2025 yilning 15 aprel kunidan 15 may kunigacha giyohvandlik va psixotrop moddalarning noqonuniy aylanishiga qarshi kurashish bo‘yicha keng ko‘lamli tezkor-profilaktik tadbiri hamda “Hamkor” tadbirlari o‘tkazilmoqda. Oylik doirasida amalga oshiriladigan ishlarga bag‘ishlanib Nukus shahrida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi QR bo‘yicha boshqarmasi xodimlarining maxsus yig‘ini o‘tkazildi. Unda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vaziri tomonidan xodimlarga oylik doirasida amalga oshiriladigan tadbirlar, unda har bir xodimning vazifalari to‘liq tushuntirildi. Darhaqiqat, giyohvandlik va psixotrop moddalar inson hayoti va sog‘lig‘i uchun o‘ta xavfli sanaladi. Shuning uchun ham bunday moddalarning keng tarqalishining oldini olishda mana shunday hamkorlikda amalga oshiriladigan chora-tadbirlarning tutgan o‘rni muhim.

 

Text to speech