Kursantlar tashakkurnomalar bilan taqdirlanishdi.
O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining 2019 yil 30 sentyabridagi “Ichki ishlar vazirligi Akademiyasi kursant va tinglovchilarining ichki ishlar organlarida amaliyotlarini tashkil etish to‘g‘risida”gi 312-son buyrug‘i ijrosini taʼminlash maqsadida, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vazirligida IIV Akademiyasi kunduzgi taʼlim 3-o‘quv kursida tahsil olayotgan 35 nafar kursantlar, Qoraqalpog‘iston Respublikasi ichki ishlar organlarida joriy yilning 18-yanvar sanasidan 24 aprel oralig‘ida amaliyotni o‘tab olgan nazariy bilimlarini amaliyotda mustahkamlashdi. Kursantlarga, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining shahar va tuman IIBlarining tajribali xodimlariga shogirt sifatida biriktirildi.
Joriy yilning 21 aprel Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vazirligida amaliyotni tugatayotgan kursantlarni taqdirlash tadbirga Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vaziri polkovnik A.Temirxanov o‘ning o‘rinbosari polkovnik I.Axmedov, IIV Akademiyasi masʼul xodimi mayor S.Qalaulov, va kursantlar ishtirok etishdi.
Tadbirda, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vaziri polkovnik A.Temirxanov so‘zga chiqib, bugungi kunda davlatimiz rahbari tomonidan sohaga qaratilayotgan eʼtibor va g‘amxo‘rliklar natijasida olib borilayotgan islohotlar va yoshlarga yaratilayotgan sharoitlar haqida aytib o‘tdi.
Tadbir davomida amaliyot davomida o‘zlarini yaxshi tomonlama ko‘rsatib boshqalarga namuna bo‘lgan bir guruh kursantlarga, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining tashakkurnomalari topshirildi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi IIV Axborot xizmati