Ichki ishlar vazirligi Nukus “Temurbeklar maktabi” harbiy-akademik litseyida o‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilganligining 36 yilligi munosabati bilan ma‘naviy-ma‘rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi
Tadbirni litsey direktori v.v.b.
podpolkovnik U.E. Kadirov ochib berib, tilga e‘tibor berish har birimizning
burchimiz ekanini ta‘kidladi. Shundan so‘ng so‘zga Qoraqalpoq davlat
universiteti filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori, dotsent
M.Allambergenova chiqib, o‘zbek tilining tarixiy ahamiyati haqida so‘z yuritdi.
Bayram tadbiriga
Universitet talabalari hamda Xo‘jayli tumanidagi 18-sonli umumta‘lim maktabidan
mehmonlar tashrif buyurdilar. Shuningdek, mazkur bayramga bag‘ishlanib
o‘tkazilgan diktant hamda insholar tanlovida g‘olib bo‘lganlar faxriy yorliq va
esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar. Tadbir o‘quvchilar tomonidan ijro
etilgan ona tilimizni madh etuvchi she‘rlar, sahna ko‘rinishlari va
kuy-qo‘shiqlar bilan davom ettirildi.