29 Yanvar 2021 yil 910

SOHA XODIMLARINING KASBIY BILIMLARI OShIRILDI

O'zbekiston Respublikasi IIVning 2021 yil 20 yanvardagi ko'rsatmasiga muvofiq, Vazirlik Malaka oshirish institutiningprofessor-o'qituvchilari tomonidan Institutning hududiy filialida joriy yilning 25-29 yanvarь kunlari Qoraqalpog'iston Respublikasi ichki ishlar organlari tizimida xotin-qizlar masalalari bo'yicha (katta) inspektorlariga o'quv kurslari tashkil etildi.
O'quv kursida hozirgi kundagi dolzarb mavzular doirasida mashg'ulotlar o'tkazilishi bilan birga, davlat hokimiyati va huquq-tartibot organlari,nodavlat notijorat tashkilotlari tizimidagi yetuk mutaxassis xodimlarning ham ishtiroki ta'minlanib, ular bilan davra suhbatlari tashkillashtirildi.Xususan,o'quv kursiga Qoraqalpog'iston Respublikasi prokuraturasi katta prokurori Sh.Allambergenov, Qoraqalpog'iston Respublikasi Mahalla va oilani qo'llab-quvvatlash vazirligi bo'lim boshlig'i A.A.Pirimbetov, Respublika «Istiqbol avlod»ijtimoiy-axborot markazining Qoraqalpog'iston Respublikasi bo'limi yuristi B.Dauletbayevva Respublika reabilitatsiya markazi psixologi R.Amanovalar ishtirok ta'minlanib, soha xodimlari bilan faoliyat yo'nalishlari doirasida davra suhbatlari o'tkazildi.Davra suhbati jarayonida tinglovchilar o'zlarining qiziqtirgan savollari bilan fikr almashilib, yetarlicha ko'nikmalar hosil qilishdi.O'quv kursida mashg'ulotlar va davra suhbatlari sifatli va natijali o'tkazilishini ta'minlash maqsadida Vazirlik Malaka oshirish instituti rahbariyati (masofadan) tomonidan pedagogik nazorat ishlari olib borildi.
O'quv kursi so'ngida tasdiqlangan o'quv dasturini muvaffaqiyatli o'zlashtirgan tinglovchilarga belgilangan namunadagi sertifikatlar tantanali ravishda topshirildi.
Shu bilan birga, Institutning professor-o'qituvchilari tomonidan Vazirlikning Qoraqalpoq akademik litseyi o'quvchilariga buyuk mutafakkir A.Navoiyning 580 yilligiga bag'ishlangan uchrashuvni tashkil etdi. Shuningdek, o'quvchilarga Prezidentimizning 2020 yil 29 dekabrь kunidagi Oliy Majlisga qilgan Murojaatining mazmun-mohiyati tushuntirildi, deydi, Institutning hududiy filial rahbari yuridik fanlari bo'yicha falsafa doktori podpolkovnik Saparbay Allambergenov.
 
Text to speech