7 Dekabr 2020 yil 969

Akademik litseyda bayram tadbiri

O'zbekiston Respublikasi IIV Qoraqalpoq akademik litseyida.  O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 28 yilligi  munosabati bilan tadbir bo'lib o'tdi.
Tadbirga Qoraqalpog'iston Respublikasi Ichki ishlar vazirining o'rinbosari I.Axmedov vazirning maslahatchisi iste'fodagi polkovnik O.Turdaqovlar ishtirok etishdi.
O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuniga bag'ishlangan tadbirda ustuvor hujjatning mazmun-mohiyati o'quvchi yoshlarga batafsil tushuntirildi.
Shundan so'ng O'zbekiston Respublikasi IIV Qoraqalpoq akademik litseyi direktori, podpolkovnik U.Qadirov kelgan mehmonlar o'z minnatdorchiligini bildirib o'tdi. Tadbir davomida, O'zbekiston Respublikasi miqyosida o'tkazilgan sport musobaqalarida faxrli o'rinni egallagan va  faol o'quvchi yoshlarga «Faxriy yorliqlar topshirildi..
Tadbir, litsey o'quvchilarining tayyorlagan bayram kontserti bilan davom etdi.
 
Qoraqalpog'iston Respublikasi IIV Axborot xizmati.
 
 
Text to speech