28 Mart 2024 yil 2181

Ellikqalʼa tumanida “Dillarda Vatan madhi” shiori ostida qo‘shiq va sheʼriyat ko‘rik tanlovi o‘tkazildi

Ellikqalʼa tumani Ichki ishlar bo‘limi hamda Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi tuman bo‘linmasi bilan hamkorlikda “Dillarda Vatan madhi” shiori ostida qo‘shiq va sheʼriyat ko‘rik tanlovi o‘tkazildi. Tanlov yoshlarni madaniyat, sanʼat, va boshqa ijodiy iqtidorlarini namoyon etishlari uchun munosib sharoit yaratish ularni qo‘llab –quvvatlash maqsadida o‘tkazildi. Tanlovda 14-30 yoshdagi iqtidorli yoshlar ikki yo‘nalishda ishtirok qildilar. Tadbirni Ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i podpolkovnik Q.Uzaqbayev ochib berdi. Natijalarga ko‘ra qo‘shiq yo‘nalishida birinchi o‘rinni Abdullayev Shukrulla ixtisoslashtirilgan sanʼat maktabi o‘qituvchisi, sheʼriyat yo‘nalishi bo‘yicha birinchi o‘rinni 61-sonli umum taʼlim maktabi o‘quvchisi Otabek Rajapboyev qo‘lga kiritdi.  G‘oliblar  tuman Ichki  ishlar bo‘limi va Respublika Maʼnaviyat va Maʼrifat markazi tuman bo‘linmasi tomonidan diplom bilan taqdirlandilar. G‘oliblar Qoraqalpog‘iston Respublikasi bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritdilar.

Text to speech