14 Fevral 2025 yil 1068

Mahallalarda xavfsiz hududni yaratish, xotin-qizlar o‘rtasida huquqbuzarlik va jinoyatlarning oldini olish, ularni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilish borasida Nukus tumani hokimligida uchrashuv o‘tkazildi.

Huquqbuzarliklar profilaktikasi kuni doirasida Nukus tumani hokimligi oila va xotin-qizlar bo‘limi, sud, tuman IIB bilan hamkorlikda o‘tkazilgan uchrashuvda tadbir ishtirokchilariga Prezidentimiz tomonidan shu yil 3 yanvar kuni qabul qilingan PQ 1-sonli qarorining mazmun-mohiyati tushuntirilib, hududlarning tinchligi eng avvalo oiladan boshlanishi, oilalardagi o‘zaro hamjihatlikni saqlash, farzand tarbiyasi va boshqa bir qator masalalar misollar bilan taʼkidlandi hamda 2024 yil davomida jinoyat sodir etilmagan hududlarning faollariga tuman IIB boshlig‘i nomidan minnatdorchiliklar topshirildi.

Text to speech