30 Aprel 2024 yil 6057

“Madaniyat, savdo va xizmat ko‘rsatish sohasi obyektlarida jamoat xavfsizligini taʼminlash tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorining ijrosini taʼminlash bo‘yicha masʼul xodimlardan iborat ishchi guruh tashkil qilinib, ushbu komissiya aʼzolari ishtirokida yig‘ilish o‘tkazildi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining shu yil 11 aprelda “Madaniyat, savdo va xizmat ko‘rsatish sohasi obyektlarida jamoat xavfsizligini taʼminlash tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori qabul qilinib,  mazkur qaror ijrosini taʼminlash maqsadida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi o‘rinbosari rahbarligida yig‘ilish o‘tkazilib, idoralar va tashkilotlar masʼullaridan iborat hududiy komissiyasi tuzildi. Ushbu komissiya aʼzolari yig‘ilishida madaniyat, savdo va xizmat ko‘rsatish obyektlarida jamoat xavfsizligi taʼminlash tizimini yana-da takomillashtirish, huquq-tartibot organlari va xo‘jalik yurituvchi subyektlar o‘rtasida o‘zaro samarali hamkorlikni tashkil etishda mahalliy ijro etuvchi organlar rolini oshirish bo‘yicha qilinishi lozim bo‘lgan ishlar xususida so‘z bordi.Qayd etilishicha, Respublika komissiyasi tomonidan hududlardagi qo‘riqlanishi shart bo‘lgan obyektlar ro‘yxati tasdiqlangan bo‘lib, ushbu obyektlarni qo‘riqlash bo‘linmalar tomonidan amalga oshiriladi. Shu maʼnoda xo‘jalik yurituvchi subyektlar bilan Ichki ishlar yoki Milliy gvardiya bo‘linmalari o‘rtasida obyektlarni qo‘riqlash bo‘yicha shartnomalar tuzish, o‘rnatilgan videokuzatuv tizimlarini ichki ishlar organlari va Milliy gvardiyaning hududiy bo‘linmalari situatsion markazlariga integratsiya qilish, ro‘yxatga kiritilgan obyektlarning “Xavfsizlik pasporti” tayyorlanishi masalalari muhokama qilindi.

Text to speech