17 Aprel 2025 yil 1081

Qoraqalpog‘iston Respublikasi prokurori va Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vaziri raisligida To‘rtko‘l tumanida kengaytirilgan yig‘ilishda Prezidentimizning "2025 yilda respublika mahallalarida xavfsiz muhitni yaratish va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish tizimi samaradorligini yanada oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi PQ-1-sonli qarori hamda mazkur qaror ijrosini samarali tashkil etish borasidagi 04.04.2025 yildagi idoralararo Qo‘shma qarorda belgilangan vazifalar ijrosi tanqidiy muhokama qilindi.

Yig‘ilishda qaror ijrosiga mas’ul vazirlik va idoralarning rahbar xodimlari, To‘rtko‘l tumanidagi ishchi guruh a’zolari, mahalla yettiligi ishtirok etdi. Prezident qarori bilan tasdiqlangan "Yo‘l xaritalari" ijrosi, Qo‘shma qaror bilan har bir vazirlik va idoralarda hamda ularning quyi tarmoqlarida tashkil etilgan tahlil guruhi, targ‘ibot va o‘rganishlarni amalga oshiruvchi guruhlar faoliyati to‘g‘ri yo‘lga qo‘yilganligi yuzasidan respublika va tuman mas’ullarining hisobotlari eshitildi. Hududdagi kriminogen vaziyatni barqarorlashtirishga erisha olmagan, o‘z vazifalarini lozim darajada bajarmagan va kamchiliklarga yo‘l qo‘ygan mas’ullar qat’iy ogohlantirilib, kelgusida amalga oshiriladigan ishlar bo‘yicha muddatlari belgilangan aniq vazifalar belgilab berildi va ijrosi nazoratga olindi.

Text to speech