22 Noyabr 2021 yil 749

Mahorat darslari o'tkazildi.

O'zbekiston Respublikasi IIVning 2021 yil 16 noyabr kungi «Ichki ishlar organlari hududiy bo'linmalarining kasbiy tayyorgarligi va ma'naviy ma'rifiy ishlar borasidagi faoliyati samaradorligini o'rganish hamda uslubiy-amaliy yordam ko'rsatish to'g'risida»gi 241-sonli farmoyishiga asosan joriy yilning 22 noyabr kuni vazirlikning ishchi guruhi tomonidan, Qoraqalpog'iston Respublikasi Ichki ishlar vazirligida ichki ishlar organlarining ma'naviy-ma'rifiy ishlar va kadrlar bilan ta'minlash xizmatlari uchun mahorat darslari o'tkazildi.
Ichki ishlar organlari xodimlarining jangovar shayligi, shaxsiy tarkibning maxsus taktik va saf tayyorgarligi, maxsus vositalar va o'qotar qurollardan foydalanish ko'nikmalari, shuningdek xodimlarning ma'naviy-ma'rifiy bilimlarini oshirib borish maqsadida o'tkazilgan mahorat darslarida, saf tayyorgarligi, jismoniy tayyorgarlik mashg'ulotlari, o'q otish tayyorgarligi, maxsus taktik tayyorgarlik hamda ma'naviy-ma'rifiy ishlar yo'nalishlaridagi mavzularda nazariy va amaliy mashg'ulotlar o'tkazildi. Shuningdek, darslar davomida xodimlarning sport bilan shug'ullanishlari uchun sharoitlar yaratish va kitobxonlikka yo'naltirish orqali ularning xizmat saviyasini oshirish bo'yicha tegishli ko'rsatmalar berildi.

Qoraqalpog'iston Respublikasi IIV Axborot xizmati

Text to speech