Maktab-internatida "8-mart Xalqaro xotin-qizlar kuni " bayram tadbiri bo'lib o'tdi
Ko'zi ojiz bolalar tahsil olib kelayotgan maxsus maktab-internatlarga davlatimiz rahbarining tashabbusi bilan ichki ishlar organlari tomonidan g'amho'rlik qilish belgilandi.
Shu qatorida Nukus shahri “Yo'lchilar” MFY hududida joylashgan 10-sonli ko'zi ojiz va zaif ko'ruvchi bolalar uchun ixtisoslashtirilgan maktab-internati Qoraqalpog'iston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tomonidan otaliqqa olindi.
Joriy yilning 7 mart kuni mazkur maktab internatida 8-mart "Xalqaro xotin-qizlar bayrami" kuni bayram tadbiri yuqori darajada tashkil etildi.
Tadbirga Qoraqalpog'iston Respublikasi Ichki ishlar vaziri o'rinbosari polkovnik I.Axmedov ishtirok etib, yig'ilganlarni bayram bilan tabrikladi.
Bayramda Qoraqalpog'iston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tomonidan maktab internatida xizmat qilayotgan xotin qizlar va o'quvchi qizlarga vazirlikning sovg'alari topshirildi.
Tadbirda vazirlikning «Orol yulduzlari» ansamblining kontsert dasturi namoyish etildi.
Qoraqalpog'iston Respublikasi IIV Axborot xizmati