23 Fevral 2021 yil
1330
Malakali xodimlar tomonidan tibbiy ko'rik tashkillashtirildi.
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 7 dekabrdagi "O'zbekiston Respublikasi sog'liqni saqlash tizimini tubdan takomillashtirish bo'yicha kompleks chora-tadbirlar to'g'risida"gi PF-5590-son Farmoni hamda 2020 yil 12 noyabrdagi "Tibbiy profilaktika ishlari samaradorligini yanada oshirish orqali jamoat salomatligini ta'minlashga oid qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida"gi PQ-4891-son qaroriga muvofiq, Shuningdek, O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining 2021 yil 19 fevralь kungi «Ichki ishlar organlarining davolash-profilaktika muassasalariga biriktirilgan tarkibni chuqurlashtirilgan tibbiy ko'rikdan o'tkazish to'g'risida»gi 59-sonli buyrug'iga muvofiq ichki ishlar organlari tibbiyot muassasalarining malakali shifokorlari tomonidan, Qoraqalpog'iston Respublikasi IIV Tibbiyot bo'limida malakali mutaxassislar ko'rigiga muhtoj bo'lgan Qoraqalpog'iston Respublikasi ichki ishlar organlari xodimlari, harbiy xizmatchilari, pensionerlari va ularning oila a'zolari hamda ishchi va xizmatchilari tibbiy ko'rikdan o'tkazildi.
Shuningdek, mutaxassislar tomonidan nafaqadagi nuroniylarining sog'liqlarini joyiga chiqqan holda tibbiy ko'rikdan o'tkazilishini ta'minlandi.
O'zbekiston Respublikasi IIV Tibbiyot bo'limining malakali xodimlari tomonidan chuqurlashtirilgan tibbiy ko'rikdan o'tkazish ishlari Respublikamizning Qo'ng'irot va Beruniy tumanlarida davom ettirish rejalashtirilgan.

Qoraqalpog'iston Respublikasi IIV Axborot xizmati