13 May 2024 yil 6454

Maʼnaviyat va maʼrifat darsligi video selektor tarzida o‘tkazildi

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi shaxsiy tarkibiga navbatdagi Maʼnaviyat va maʼrifat darsligini Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vazirining o‘rinbosari podpolkovnik G‘ulamjon Eshimbetov boshchiligida o‘tkazildi. Maʼnaviyat va maʼrifat darsligida vazirlikning Jamoat xavfsizligi xizmati Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi xodimlari tomonidan Tanqidiy tahlil, qatʼiy tartib-intizom va shaxsiy javobgarlik-bosh mezon mavzusida shaxsiy tarkibga maʼruza qilindi hamda O‘zbekistonning o‘tgan hafta davomida ro‘y bergan yangiliklari to‘g‘risida maʼruza qilindi. Shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Shaxsiy xavfsizlik bosh boshqarmasi Qoraqalpog‘iston Respublikasi bo‘yicha  boshqarmasi UMIB tezkor vakili podpolkovnik Sherali Shokirov tomonidan Respublika hududida Ichki ishlar xodimlari bilan bog‘liq salbiy holatlar to‘g‘risida shaxsiy tarkibga maʼlumotlar berildi. Darslikning ikkinchi bo‘limida Qoraqalpog‘iston Respublikasi IIV TQX JQB xodimi mayor R. Abdijamilov fuqaro tomonidan pora tariqasida taklif qilingan pullarni olmasdan o‘z vaqtida rahbariyatga bildirgi bilan murojaat qilib fuqaroga bu jinoyatligi haqida tushuntirilishiga qaramasdan pora taklif qilishni davom etgan, natijada fuqaro huquqni muhofaza qiluvchi organlari tomonidan qo‘lga olingan. Ushbu xodim kelishilgan pullarni olmasdan o‘z vaqtida rahbariyatga bildirgi bilan murojaat qilib, o‘z kasbiga chin dildan yondashganligi uchun xodim va o‘ning ota-onasiga Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vazirining tashakkurnomasi va pul mukofoti bilan taqdirlandi. Shuningdek Qoraqalpog‘iston Respublikasida barcha huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari o‘rtasida sportning erkin kurash turi bo‘yicha Qoraqalpog‘iston Respublikasi IIV xodimlari faxrli 1-o‘rinni egallaganligi uchun vazirlik rahbariyati tomonidan minnatdorchilik va pul mukofoti bilan taqdirlandi

Qoraqalpog‘iston Respublikasi IIV Axborot xizmati    

Text to speech